11:44 / 09.02.2017
5414

Chechenistonliklar "Terek" futbol klubi nomini Ramzon Qodirovning otasi nomi bilan atalishini istamoqda

Chechenistonlik futbol muxlislari mahalliy jamoa nomini o‘zgartirilishini istashmoqda.

Shu maqsadda mahalliy muxlislar ijtimoiy tarmoqlarda «Terek» jamoasi nomini amaldagi rahbar Ramzon Qodirovning otasi sharafiga FK «Axmat» nomiga o‘zgartirilishi bo‘yicha maxsus petitsiyalar uyushtirishmoqda va imzolar yig‘ilmoqda.

Klub vitse-prezidenit Haydar Alxanov bu borada fikr bildirarkan ilgari ham shu kabi takliflar bo‘lgani, lekin bu vaziyat jiddiy ko‘rib chiqilmaganini bildirgan.

«Terek» nomini «Axmat»ga o‘zgartirish taklifi ilgari ham bo‘lgan, lekin bu jiddiy ko‘rib chiqilmagandi. Hozirgi takliflar bo‘yicha qo‘shimcha birorta ma'lumotga ega emasman», degan Alxanov.

Checheniston rahbari Ramzon Qodirov esa bu masalaga aralashmasligini, bu faqatgina klub direktorlar kengashi orqali hal etilishini ta'kidlagan.

Top