14:00 / 09.02.2017
13500

Ispaniya kubogi. «Barselona»ning finaldagi raqibi ma'lum bo‘ldi

Ispaniya kubogining ikkinchi yarim final javob uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda «Alaves» jamoasi o‘z uyida «Selta»ni qabul qildi.

«Real»ni musobaqalardan chiqarib yuborgan «Selta» bu o‘yinda favorit sanalayotgandi. Ammo amalda bunday bo‘lib chiqmadi. Vigoda kechgan dastlabki uchrashuvda hisob ochilmagandi. «Alaves» uyida kechgan uchrashuvning 82-daqiqasida Mendes tomonidan kiritilgan gol o‘yin taqdirini hal qildi.

Natijada «Alaves» Ispaniya kubogi finali yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Finalda jamoa «Atletiko»ni mag‘lub etgan «Barselona»ga qarshi maydonga tushadi.

Ispaniya Kubogi, 1/2 final
Javob uchrashuvi

Alaves – Selta 1:0 (0:0)
Gol:
Mendes (82).
Alaves: Pacheko, Feddal, Laguardia, Teo, Manu Garsiya, Femeniya, Kamarasa, Markos Lorente, Ibai Gomes (Vigaray, 88), Deyverson, Tokero (Mendes, 79; Ruano, 90).
Selta: Alvares, Kabral, Kastro, Malo, Ronkalya, Radoya, Dias (Gvidetti, 83), Ernandes, Vass (Rossi, 86), Bongonda (Sisto, 74), Aspas.
Ogohlantirishlar: Feddal (39), Aspas (39), Dias (53), Teo (90).
Dastlabki uchrashuv: 0:0

Top