09:23 / 09.02.2017
7229

Qiyalikdan sirpanchiq uchayotgan qunduz Facebook "yulduzi"ga aylandi

Qiyalikdan qornida sirpanchiq uchayotgan qunduz Facebook "yulduzi"ga aylandi, deb yozmoqda Daily Mail nashri.

Qunduzning sirpanchiq uchayotgan videosini ijtimoiy tarmoqqa fotosuratchi Barret Xejyes joylashtirgan. Video AQShning Yyellouston milliy bog‘idagi suv havzalaridan birida suratga olingan. Bugunga kelib ushbu videoni 200 mingdan ortiqroq foydalanuvchi tomosha qilgan. 

Xejyesning fikricha, qunduzlar eng qiziq sut emizuvchilardan biridir, ularni kuzatish esa zavq bag‘ishlaydi.

Mavzuga oid
Top