Jamiyat | 18:09 / 09.02.2017
37520
2 daqiqa o‘qiladi

Missisipilik bemordan 58 kilogrammlik o‘simta olib tashlandi

Foto: AP

Kaliforniyalik shifokor bemordan 130 funt (58 kilogramm) keladigan o‘simtani olishga muvaffaq bo‘ldi. Holbuki boshqa shifokorlar buning shunchaki yog‘ ekanini ta'kidlashgandi. 

31 yanvar kuni Beykersfilddagi shifoxonada 57 yoshli Rojyer Logandan jarrohlik yo‘li bilan noonkologik o‘simta olib tashlangan. U yana biror hafta shifokorlar nazorati ostida bo‘ladi, so‘ng Missisipidagi Galfportga qaytadi. 

Manbaga ko‘ra, o‘simta 10 yil ilgari qorinning pastki qismida paydo bo‘lgan.

Shifokorlar unga "Sen semiz bo‘lsang, bu shunchaki yog‘" deyishgan.

O‘simta shu qadar kattalashib ketganki, Rojyer o‘tirgan holatida u yerga tegib turgan.

Logan uni uch qop sementga qiyoslagan: "Tasavvur qiling, kuni bo‘yi uch qop sementni o‘zingiz bilan olib yursangiz".

U deyarli harakatsiz holga kelib, aksariyat vaqtini o‘z uyining bir xonasida kresloda o‘tkazardi. 

Bu vaqtga kelib, o‘simta 130-140 funt (58-63 kg)ga yetdi. Shifokorlar operatsiya qilish xavfli ekanini aytishgan va uning omon qolishiga faqat 50 foiz kafolat berishgan.

Biroq uning turmush o‘rtog‘i mamlakatdagi barcha mutaxassislarni surishitirib, oxir-oqibat shu turdagi operatsiyalarni bajaruvchi shifokor Devni topishga muvaffaq bo‘ldi.

Nihoyat, u Markaziy Kaliforniyaga 3,218 kilometrlik yo‘lni 40 soatda bosib o‘tdi. 

Hozir Rojyer qayta tiklanish muolajalarini olmoqda, o‘tgan payshanba kuni u ko‘p yillardan beri birinchi marta mustaqil harakatlanishga muvaffaq bo‘ldi. 

U uyga qaytib, qaytadan (kreslodan tashqarida) hayot boshlashni sabrsizlik bilan kutmoqda.

Mavzuga oid