08:27 / 09.02.2017
10940

OAV: Eron navbatdagi raketasini uchirdi

Foto: IRINN TV

Eron Tehrondan sharq tomonda joylashgan parvoz maydonchasidan yana bir raketani uchirdi. Aynan shu maydonchadan yanvarda raketa uchirilgandi. Bu haqda amerikalik amaldorga iqtibos keltirgan holda Fox News telekanali xabar bergan.  

Ma'lum qilinishicha, "yer-havo" turidagi kichik masofalarga mo‘ljallangan Mersad raketasi 8 fevralda uchirilgan. U uchirilgan joyidan 56 km uzoqlikda yerga tushgan.

30 yanvarda Eron o‘rta masofalarga mo‘ljallangan ballistik raketa sinovini o‘tkazgani ma'lum qilingandi. AQSh shu munosabat bilan 3 fevralda Eronga yangi sanksiyalar kiritgan.  

Mavzuga oid
Top