09:40 / 09.02.2017
8917

Oq uy yetti davlatning terrorchilikda gumonlanayotgan fuqarolari ro‘yxatini taqdim etdi

Foto: AP Photo/ Pablo Martinez Monsivais

Oq uy ommaviy axborot vositalariga AQShga kirishi taqiqlangan yetti davlatning terrorchilikda gumon qilinayotgan fuqarolari ro‘yxatini taqdim etdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar berdi.

Oq uyda ta'kidlashlaricha, ro‘yxatda AQShda terrorchilik bilan bog‘liq ayblovlar qo‘yilgan Somali, Sudan, Iroq, Eron, Yaman, Suriya va Liviyadan bo‘lgan kamida 24 nafar qochqin va muhojir nomi bor. Ta'kidlanishicha, gumonlanuvchilardan hech biri jinoyat sodir etishga ulgurmagan.

Avvalroq bir necha nashrlar AQSh prezidenti Donald Tramp farmoni ta'siri doirasiga tushgan yetti davlatning bironta fuqarosi AQShda terrorchilik faoliyatida aybdor ekaniga shubha bildirgandi.

Tramp farmonini to‘xtatib qo‘ygan sudya ham Qo‘shma Shtatlarda 2001 yilning 11 sentabr kuni ommaviy terakt ijrochilari orasida ko‘rsatib o‘tilgan yetti davlatning birorta fuqarosi bo‘lmaganini ma'lum qilgan.

Top