“Ijtimoiy fikr” jamoatçilik fikrini örganiş markazi tomonidan davlatimiz ­rahbari Şavkat Mirziyoyevning “Özbekiston Respublikasining Birinçi Prezidenti Islom Abduğaniyeviç Karimovning xotirasini ­abadiylaştiriş töğrisida”gi qarori ­asosida amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar haqidagi ijtimoiy fikrni biliş maqsadida ekspress-sörov ötkazildi.

Uç kun mobaynida olib borilgan tadqiqotda poytaxtimiz aholisi iştirok etdi. Respondentlarning ta'kidlaşiça, yurtimizning Birinçi Prezidenti ser­qirra siyosiy faoliyati, olijanob insoniy fazilatlari bilan Vatanimiz tarixida öçmas iz qoldirdi. Bu davlatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyevning quyi­dagi sözlarida ham yaqqol ifodasini topdi: “Vaqt va hayotning özi ­Islom ­Abduğaniyeviç ­Karimovning zamonamizning uluğ siyosatçisi, uzoqni köradigan va strategik fikr yuritadigan şaxs, dunyoda va turli mintaqalarda yuz berayotgan öta murakkab voqea-hodisalarning mohiyatini davlatçilik nuqtai nazaridan köra biliş qobiliyatiga ega bölgan, öz yurti va xalqi uçun, har bir vatandoşimizning taqdiri uçun ulkan mas'uliyat tuyğusini çuqur his qiladigan atoqli rahbar ekanligini har tomonlama tasdiqladi”.

Ekspress-sörov fuqarolarimizning uşbu hujjat mazmunidan yuqori darajada boxabar ekanligini namoyon qildi. Jumladan, unda qatnaşganlarning 72,3 foizi qarorning maqsadi hamda ­mohiyatini yaxşi anglaydi. 26,5 foizi umumiy ma'nosini ­tuşunişini aytib ötgan. Tadqiqotga qaraganda, qaror mazmuni haqida ma'lumot yetkazgan asosiy manbalar Milliy teleradiokompaniya axborot va telekörsatuvlaridir. Respondentlarning har uçinçisi bu haqda respublika radiostansiyalarini ­tinglab bilgan. Sörovning har törtinçi qatnaşçisi esa rahbariyat qabul qilayotgan barça yangi hujjatlar hamda qarorlar xususida davriy naşrlar, qariyb yana şunçasi internet-portallar orqali öqib ­borayotganini qayd etgan.

Tadqiqotda respondentlarning 97,1 foizi ­davlatimiz rahbarining Birinçi ­Prezidentimiz xotirasini abadiylaştiriş taşabbusini töliq qöllab-quvvatlaşi va unga qöşilişini e'tirof etgan. Ular qarorda belgilab berilgan vazifalar haqida sözlar ekan, ayniqsa, ­Islom Karimov siymosi aks ettirilgan ­haykallarni Toşkent, Samarqand hamda Qarşi şaharlarida örnatiş, mamlakatimizdagi qator muhim inşootlarga bu uluğ insonning nomini beriş, Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma'rifiy yodgorlik majmuasini taşkil etiş va boşqa ezgu ğoyalarga alohida töxtalib ötdilar.

Fuqarolar davlatimiz ­rahbarining har yili Birinçi­ Prezidentimiz tavallud topgan sana — 30 yanvar kunini keng nişonlaş, 2 sentabr sanasini Xotira kuni sifatida yod etiş, oliy öquv yurtlari talabalari uçun Islom Karimov nomidagi Davlat stipendiyasini joriy qiliş, buyuk siyosatçining hayoti va faoliyati haqida ilmiy hamda badiiy asarlar, hujjatli va badiiy filmlar yaratiş haqidagi taşabbusini qöllab-quvvatlagani sörov natijalarida öz ­in'ikosini topdi.