21:36 / 09.02.2017
21326

O‘zbekiston IIV Toshkentdagi yong‘inlar haqida: «Sabablar aniqlanmoqda»

Bugun, 9 fevral kuni O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi Toshkent shahrida 7 va 8 fevral kunlari yuz bergan ikki yong‘in haqida axborot berdi.

«7 fevral kuni Toshkentdagi «Manas» restoranida yuz bergan yong‘in oqibatida 380 kvadrat metr maydonda o‘tov qilib qurilgan ayvon va jihozlari yongan.

Yong‘in qo‘shni binoga tarqalishidan «Parizod» kompaniyasiga qarashli binoning 370 kvadrat metr maydonida tom qismi yonib zararlangan.

8 fevral kuni esa shaharning Olmazor tumanida joylashgan «Usta shirin savdo» kompaniyasiga qarashli 6, 7 va 8-sonli savdo do‘konlarida yong‘in sodir bo‘lib, jami 100 kvadrat metr maydonda qurilish mahsulotlari, jihozlari hamda tom va shift qismlari yonib zararlangan.

Yong‘in holatlari yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Yong‘inlarning sababi aniqlanmoqda», — deyilgan IIV xabarida.

Top