Jamiyat | 11:31 / 09.02.2017
24922
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda ilk bor “yashil drujinachilar” paydo bo‘ldi

O‘zbekistonda ilk bor rasman birinchi “yashil drujinachilar” ro‘yxatdan o‘tkazildi. Ular ekologik nazorat bo‘yicha jamoat inspektorlaridir.

Bunday drujinachilarning vakolatlariga atrof-muhit holatini kuzatish, uning ifloslanishiga olib keluvchi holatlarni aniqlash kiradi. Shuningdek, ular tabiiy resurslardan noratsional foydalanish, sog‘liqqa tahdid uyg‘otuvchi vaziyatlarni topadi, davlat organlari va fuqarolarni atrof-muhitdagi o‘zgarishlardan boxabar etadi, aholi o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib boradi.

Endilikda tabiatni asrash sohasidagi qonunchilikni buzish holatlarini aniqlash va bartaraf etishni istagan har bir fuqaro tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi qoshidagi tabiatni asrash sohasi bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazida tahsil olishi mumkin. Ular uchun maxsus dastur va kurslar ishlab chiqilgan bo‘lib, bundan muvaffaqiyatli o‘tganlarga jamoat inspektori maqomidan darak beruvchi guvohnomalar topshiriladi.

Mavzuga oid