18:25 / 09.02.2017
4252

Volkswagen Tramp tufayli AQSh bozorini yo‘qotishi mumkin

Volkswagen’ning AQShdagi dilerlari prezident Donald Trampni mamlakat tashqarisida yig‘iluvchi avtomobillarga 35 foizlik soliq solmaslikka chaqirmoqda. Bu haqda Bloomberg xabar berdi. Mashinalar qiymatining oshishi ularning raqobatbardoshligini so‘roq ostiga oladi hamda dilerlarda turli muammolar keltirib chiqaradi.

Volkswagen’ning Denverdagi avtosaloni menejyeri Fredi Yemichning ma'lum qilishicha, hozirning o‘zidayoq marka avtomobillari narxi Honda, Nissan va Toyota modellariga qaraganda 2-3 ming dollarga oshib ketdi. Yangi soliqning kiritilishi esa Volkswagen narxini o‘rtacha 6,8 ming dollarga qimmatlashtiradi.

Shimoliy Amerika uchun avtomobillarning ko‘p qismi Volkswagen’ning Meksikadagi zavodida ishlab chiqariladi. Korxona 60-yillarda Volkswagen Beetle’ni yig‘ish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, markaning Volfsburgdagi qarorgohidan so‘ng eng yirik zavodi hisoblanadi. Meksikada har yili 600 mingga yaqin Jetta, Golf va Beetle chiqarilishi mumkin. Shu bilan bir qatorda, Volkswagen’ning AQShdagi zavodi esa har yili faqatgina 150 ming mashina chiqarishga mo‘ljallangan.

Ayni damda Volkswagen AQShda ko‘p milliard dollarli zararga ega bo‘lmoqda. Bu “dizelgeyt” mojarosi oqibatlarini bartaraf etish tufayli yuz berayapti.

Top