Andijon viloyati Baliqçi tumanining jinoyat işlari böyiça sudi Andijon viloyati IIB YHXB yöl-patrul xizmati inspektori, kiçik serjantni 10 yilga ozodlikdan mahrum etdi. Bu haqda “Na postu” gazetasi xabar bermoqda.

Ma'lum bölişiça, Bunyodbek Qulmatov ismli inspektor öz xizmati vazifasini bajarayotgan çoğda “Lasseti” rusumli avtomaşinada yöl harakati talablariga javob bermay, tezlikni oşirgan hamda qarama-qarşi yölga çiqib ketib “Neksiya” rusumli maşina bilan yuzma-yuz töqnaşgan.

Hodisa oqibatida “Neksiya” haydovçisi – Marğilon şahridan bölgan I.Mirzajonov va Namangan viloyatining Norin tumanilik Yo.Salimov vafot etgan. 

Sud hukmi bilan Bunyodbek Qulmatov Özbekiston Respublikasi JKning 266 moddasi uçinçi qismi “a” bandi bilan aybdor deb topilib, 10 yilga ozodlikdan mahrum etildi.