09:31 / 10.02.2017
7828

Braziliya politsiyachilarining namoyishi yuzdan ortiq kishining o‘limiga sabab bo‘ldi

Foto: Reuters

Braziliyaning Espiritu-Santu shtati politsiya mahkamasining olti kun davom etgan norozilik namoyishi salbiy oqibatlarga sabab bo‘ldi. Gap shundaki, huquq idoralarining e'tiborsizligi tufayli sodir etilgan zo‘ravonliklarda yuzdan ortiq inson qurbon bo‘lgan.

Mamlakat hukumati 9 fevral kuni shtatda tartibni tiklash maqsadida 1,2 ming kishilik harbiy bo‘linmalarni kiritishga majbur bo‘lgan. Ular desantchilar va federal politsiyachilardan iborat bo‘lishgan. 

“Reyter” agentligi ma'lumotiga ko‘ra, birmuncha oshkora zo‘ravonlik holatlari, xususan, do‘konlardan mahsulotlarni o‘g‘irlash shtat ma'muriyati markazi Vitoriya shahrida kuzatilgan. 

Shtatning namoyish o‘tkazayotgan politsiyachilari esa, o‘z navbatida, iqtisodiy inqiroz va davlat moliyalashtirishi bilan bog‘liq muammolar davom etayotgan bir paytda, oylik ish haqi ko‘tarilishini talab qilishmoqda. 

Shu bilan birga, uch haftadan so‘ng an'anaviy yillik karnaval bo‘lib o‘tadigan Rio-de-Janeyro shtati politsiyachilari ham namoyishlar tashkil etishni rejalashtirayotgani xabar qilinmoqda. 

Top