12:54 / 10.02.2017
18559

Kuch birlikda: Chug‘urchuqlar qirg‘iy hujumidan galalashib himoyalanishdi

Yovvoyi tabiatning go‘zal manzaralariga bag‘ishlangan Regard du Vivant internet hamjamiyati o‘z sahifasida chug‘urchuqlar galasining qirg‘iy hujumidan qochishi videosini joylashtirdi.

Yirtqich qushni ko‘rgach chug‘urchuqlar galasi bulut kabi havoga ko‘tarilib, yakka-yakka holda o‘lja bo‘lmaslik uchun turli tomonga tarqamagan holda turli shakllarga kirib, qirg‘iy hujumiga chap berganlar.

2017 yil boshida biologlar maydaroq qushlar yirtqich qushlarni cho‘chitish uchun galaga birlashishlarini ma'lum qilgandilar. 

Gollandiyalik tadqiqotchilar chug‘urchuqlarning xatti-harakatini tahlil qilib, ikki xil taxmin bildirishdi. Birinchi taxminga ko‘ra, qushlar birlashib, o‘z ichlaridan qolganlarni hujumdan ogohlantiruvchi poyloqchilarni qo‘yishadi. Ikkinchi taxminga ko‘ra, yirtqich qushlar bunday katta galani ko‘rib, o‘zlarini yo‘qotib qo‘yib, hujum qilish "fikridan qaytadilar".

Top