Fan-texnika | 23:16 / 10.02.2017
11265
1 daqiqa o‘qiladi

Senstone - taqinchoq o‘rnini bosa oluvchi "aqlli" diktafon

Kichik Senstone gadjyeti — bu tumor, to‘g‘nag‘ich, bosma zirak, bilaguzuk sifatida taqsa bo‘ladigan diktafondir. Shovqin qaytaruvchi funksiyali ikkita ichki mikrafon ovozni tashqi tovushlarsiz yozib oladi. Shundan so‘ng  qurilma Bluetooth orqali yozuvni Android yoki iOS smartfoniga yetkazadi.

Aksessuarning yuza qismidagi qora shisha tagida qurilma quvvatlanganda yoki ishlayotganda yoqiluvchi 17 oq  LED yorug‘ligi joylashgan. 

Ichki akkumulyator 4 kunli ishga yetadi, xotira esa ikki soatgacha bo‘lgan ovoz yozuvlarini sig‘dira oladi. Ular mobil ilovaga yuboriladi. Ishlab chiqaruvchilarning qayd etishicha, Senstone diktafonidan aqlli zargarlik taqinchog‘i sifatida foydalanish qulay. U smartfondagi diktafon yoki eskicha qog‘oz-ruchka usulidan ancha chiroyli hamdir. 

Agarda Kickstarter'da avvaldan buyurtma berilsa, yangi ixtiro narxi 120 dollarni tashkil qiladi. 

.

Ot etogo gadjyeta ne uskolznut vajnyye mysli (20 foto + video)