15:39 / 11.02.2017
4228

Iroq bosh vaziri Tramp bilan telefon muloqoti yuzasidan izoh berdi

Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiy AQSh prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali muloqotdan so‘ng, Iroq hech qanday mintaqaviy yoki xalqaro mojarolarda ishtirok etmasligini ma'lum qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

«Iroq o‘z milliy manfaatlari saqlanib qolinishiga harakat qilmoqda va qandaydir mintaqaviy hamda xalqaro mojarolarning qismiga aylanishni istamaydi. Bu mintaqa va Iroqning o‘zida jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin», - dedi u.

Oq uyda ta'kidlashlaricha, ikki yetakchilar o‘zlarining ilk muloqoti davomida Eronning butun mintaqa uchun tahdidi haqida fikr almashishgan. Iroq ma'muriyati rasmiy xabarida muloqotdagi ushbu mavzuga aniqlik kiritilmagan.

Avvalroq Tramp Eron prezidentini «ehtiyotkor bo‘lishga» chaqirgani xabar qilingandi.

Top