18:13 / 11.02.2017
15350

IShID Al Bobda 40 nafar tinch aholi vakilini qatl qildi

Foto: AP

IShID terrorchilik guruhi a'zolari Suriyaning Al Bob shahrida 40 nafar tinch aholi vakilini vahshiylarcha qatl qildi, deb xabar qilmoqda Al-Mayadin telekanali.

Telekanalga ko‘ra, tinch fuqarolarni asirga olishlari bilan sudsiz qatl qilishgan. Bundan avvalroq, Suriya xalq ko‘ngilli kuchlariga yaqin manbaga asoslangan holda RIA Novostining xabar qilishicha, hukumat armiyasi va unga ittifoqchi kuchlar jangarilarning Al Bobdan chekinish yo‘llarini to‘liq to‘sib qo‘yishgan. 

Suriya armiyasi shaharga janub va g‘arb tomondan hujum qilmoqda. Ayni vaqtda, turk qo‘shinlari va unga ittifoqchi bo‘lgan radikal kuchlar "Frot qalqoni" amaliyoti doirasida shaharning shimoliy va sharqiy ostonalarida kurash olib bormoqda. 

Garchi IShID jangarilari deyarli qurshab olingan bo‘lsada, ammo Turkiya va Suriya kuchlari o‘zlarining harakatlarini muvofiqlashtirmayotgani sababli, ularning jangarilarga nisbatan harakatlari unchalik samara berayotgani yo‘q. Rasmiy Damashq Turkiya xarbiylari mamlakat suverenitetini buzayotganini ta'kidlamoqda. 

Mavzuga oid
Top