18:54 / 11.02.2017
7586

Qirg‘iziston Boeing halokatidan zarar uchun tovon puli yuzasidan Turkiya bilan muzokaralar olib bormoqda

Qirg‘iziston hukumati turk tomoni bilan Bishkek yaqinidagi Boeing aviahalokatida jabrlanganlarga yetkazilgan moddiy yordamni qoplab berish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda mamlakat bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Muhammatqali Abulg‘oziyev vazirlar mahkamasi yig‘ilishida ma'lum qildi, deb xabar bermoqda qirg‘iz hukumati matbuot xizmati.

"Yig‘ilish davomida ta'kidlanishicha, aviahalokat oqibatida jabrlangan 12 oila vaqtinchalik turar-joyga joylashtirilgan", - deyiladi xabarda. Bundan tashqari, halok bo‘lgan va jabrlanganlarning oilasi uchun mahsus ochilgan bank raqamiga 1,19 million dollarlik yordam pullari kelib tushgan. 

Abulg‘oziyevning ta'kidlashicha, hukumat "maxsus hisob raqamiga kelib tushgan pullarni maqsadli ishlatilishini ta'minlaydi". Uning so‘zlariga ko‘ra, halokat tufayli uy-joysiz qolgan fuqarolarni ta'minlash ayni damda "eng asosiy masala bo‘lib", vazirlar mahkamasi "jahon amaliyotida qabul qilingan normalar darajasida tovon pullarining adolatli to‘lanishi yuzasidan harakat qilmoqda". 

Ma'lumot uchun, Boeing 747-400 samolyoti 16 yanvar kuni Bishkekdagi “Manas” xalqaro aeroportining uchish-qo‘nish qismidan 1,5 km uzoqlikda halokatga uchragan. Samolyot aeroport yaqinidagi qishloq ustiga tushdi. Buning oqibatida 32ta uy vayron bo‘ldi, 4 ekipaj a'zosi hamda 35 nafar mahalliy aholi vakili halok bo‘ldi. Hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari Davlatlararo aviatsiya qo‘mitasi boshchiligidagi xalqaro komissiya tomonidan olib borilmoqda. 

Mavzuga oid
Top