Jahon | 10:50 / 11.02.2017
10155
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: AQSh Shimoliy Koreyaga gumanitar yordam ko‘rsatishga qaror qildi

Qo‘shma Shtatlar hukumati Shimoliy Koreyaga gumanitar yordam ko‘rsatishga qaror qildi. Bu mamlakatda o‘tgan yilgi kuchli suv toshqinlari sababli ro‘y bergan, deb xabar qildi Koreya markaziy telegraf agentligi.

AQSh va KXDR o‘rtasida diplomatik aloqalar yo‘q. Vashington Pxenyanda Shvetsiya elchixonasi orqali faoliyat olib boradi.

KXDR milliy iqlimshunoslik boshqarmasining xabar berishicha, mamlakat shimolidagi Xamgen-Puktoda kuzatilgan tabiiy ofat so‘nggi 60 yil davomida eng kuchlisi bo‘lgan. U yerda 29 avgust-2 sentabr kunlari 290-320 millimetrlik yog‘ingarchilik kuzatilgan, Tumangan daryosi o‘zanidan chiqib ketdi. Viloyatda o‘n minglab turar-joy va jamoat inshootlari vayron bo‘ldi, transport va energetika tizimiga juda katta zarar yetkazildi, shuningdek sanoat korxonalari va ekin maydonlari talofot ko‘rgan.

Umumiy hisobda 130dan ortiq inson halok bo‘ldi, 400 nafar kishi bedarak yo‘qolgan. Xalqaro qizil yarim oy va Qizil xoch tashkilotlari ma'lumotiga ko‘ra, KXDR shimolidagi suv toshqinlari kamida 600 ming fuqaroning hayotiga salbiy ta'sir ko‘rsatgan.

Mavzuga oid