16:31 / 11.02.2017
4824

Turkiya konstitutsiyasiga o‘zgarishlar kiritish bo‘yicha referendum qachon o‘tkazilishi ma'lum bo‘ldi

Foto: RIA "Novosti"

Turkiya konstitutsiyasiga o‘zgarishlar kiritish masalasi bo‘yicha referendum 2017 yilning 16 aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Turkiya oliy saylov kengashi rahbari xabar berdi, deb ma'lum qilmoqda Reuters.

Xabar qilinishicha, konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish Turkiyada parlamentdan prezidentlik boshqaruv shakliga o‘tishni nazarda tutadi.

Bu mamlakat prezidentiga favqulodda holat haqida e'lon qilish, vazirlar va yuqori lavozimli davlat amaldorlarini ishga tayinlash, shuningdek, parlamentni tarqatib yuborish imkonini beradi.

Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an mamlakatning prezidentlik boshqaruv shakliga o‘tishini ma'qullagani haqida xabar berilgandi.

Top