19:44 / 11.02.2017
14305

Ukraina bosh shtabi rahbarining o‘rinbosari o‘z ish joyida hayotdan ko‘z yumdi

foto: Facebook @petroporoshenko

Ukraina bosh shtabi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Gennadiy Vorobyov o‘z ish joyida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Ukraina prezidenti matbuot kotibi Svyatoslav Tsegolko Facebook’dagi sahifasida xabar bergan.

«Kutilmaganda Ukraina armiyasining rahbarlaridan biri general-polkovnik Gennadiy Vorobyov o‘z ish joyida vafot etdi», - deb xabar qilgan Tsegolko.

Ma'lumot uchun, 27 yanvar kuni Lugansk xalq respublikasining birinchi rahbari Valeriy Bolotov hayotdan ko‘z yumgani ham xabar qilingandi.

Top