00:32 / 12.02.2017
25739

AQSh harbiysi o‘z davlati harbiy siyosatini tanqid qilib, Rossiya armiyasini o‘rnak qilib ko‘rsatdi

AQSh dengiz piyoda qo‘shinlari kapitani Joshua Uoddell Marine Corps Gazette nashridagi maqolasida AQSh harbiy siyosatini tanqid qildi va Rossiya armiyasini o‘rnak qilib ko‘rsatdi. Uning fikricha, Rossiya qurolli kuchlari anchagina "kamtarroq" byudjyetga ega bo‘lsa-da, AQSh armiyasidan samaraliroqdir.

Uning aytishicha, Pentagon mudofaa texnologiyalariga son-sanoqsiz pullar sarflaydi, biroq boshqa muhim jihatlarga e'tibor qaratmaydi.

"Biz zobitlar Iroq va Afg‘onistondagi urushni yutqazganimizni qabul qiladigan vaqt keldi. Biz taktik g‘alabani tezkor va strategik muvaffaqiyatga aylantira olmadik", deb yozmoqda Uoddell.

Uoddellning ta'kidlashicha, AQShning qimmatbaho tanki M1A1’ni bor-yo‘g‘i 20 dollarlik snaryad bilan yaroqsiz holga keltirish, misli ko‘rilmagan mablag‘larga qurilgan aviatashuvchi kemani esa birvarakayiga otilgan bir nechta raketa bilan cho‘ktirib yuborish mumkin.

Harbiyning fikricha, Rossiya butun armiyasiga AQSh o‘z harbiy-dengiz kuchlarining o‘ziga sarflaydigan mablag‘dan ko‘ra 2 barobar kamroq pul ajratadi, biroq Vashingtonni Suriyada "noqulay vaziyatga" qo‘ya oldi.

Mavzuga oid
Top