17:19 / 12.02.2017
8395

Erdo‘g‘an Al-Bobning IShIDdan deyarli ozod etilish arafasida ekanini ma'lum qildi

Suriyaning Al-Bob shahri tez orada IShID jangarilaridan xalos bo‘ladi. Bu haqida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning bayonotiga asoslanib, "Anadolu" nashri xabar berdi

"Shahar shifoxonasining strategik ahamiyatga ega korpusi IShID terrorchilaridan ozod qilinganidan keyin shaharning IShIDdan butkul xalos bo‘lishiga oz vaqt qoldi. Terrorchilar shaharni tark etishmoqda", - dedi Turkiya rahbari.

Hozirga kelib Al-Bob to‘liq bloklangan, shaharda jang ketmoqda. Turk harbiylari shahar uzra nazorat o‘rnatganidan so‘ng "Myunbich va Raqqani ozod qilish masalasi dolzarblashadi", dedi Erdo‘g‘an. U bu masala Vashingtonning yangi ma'muriyati bilan muhokama qilinayotganini ta'kidladi.

Top