11:06 / 12.02.2017
4882

Hindiston politsiyasi Nobel mukofoti sohibining sertifikatini o‘g‘irlagan shaxslarni qo‘lga oldi

Hindistonda politsiya Kaylash Satyartiga Nobel mukofoti berilgani haqidagi sertifikatni o‘g‘irlashda gumon qilingan 3 nafar shaxsni qo‘lga oldi. Bu haqda ANI xabar tarqatdi.

Huquq-tartibot organlari xodimlari Satyartining uyidagi o‘g‘irlikdan bir hafta o‘tib, gumondorlarni ushlagan.

Ayni vaqtda sertifikat va medal qo‘lga olinganlarning o‘zidami yoki boshqa joydaligi ma'lum emas.

Ma'lumot uchun, 2014 yilda tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti pokistonlik maktab o‘quvchisi Malala Yusufzay va hindistonlik 60 yoshli huquq himoyachisi Kaylash Satyartiga berilgan edi.

Top