12:07 / 12.02.2017
15104

«Zenit-Arena»ga ilk tashrif

11 fevral kuni «Birinchi tashrif» tadbiri doirasida 10 ming tomoshabin «Zenit-Arena» stadioniga sinov tariqasida tashrif buyurdi. Ushbu tadbir Sankt-Peterburg rahbariyati tomonidan tashkillashtirildi. Ko‘pchilik stadion ularga yoqqanligi, hech qanday muammoga uchralmaganini yozgan. Sinov vaqtida elektr ta'minotida uzilish bo‘lgan, shu sabab tashrif buyurganlar taom va ichimliklarsiz qolishgan.

«Zenit-Arena» — qurilishi 10 yildan buyon davom etib kelayotgan stadion. Shu paytga qadar uning qurilishiga 41 milliard rubl sarflangan. Ushbu stadionda 2017 yilda o‘tadigan konfederatsiyalar kubogi, 2018 yilgi jahon chempionati va 2020 yildagi Yevropa chempionati o‘yinlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Mavzuga oid
Top