09:08 / 12.02.2017
3669

Ispaniya bosh vaziri o‘z partiyasi raisi lavozimiga qayta saylandi

Foto: RIA

Ispaniya bosh vaziri Mariano Raxoy Xalq partiyasining XVIII qurultoyidagi ovoz berish natijasiga ko‘ra partiya raisi lavozimini o‘zida saqlab qoldi.  

Shuningdek, partiya rahbariyatining qolgan a'zolari, jumladan partiya bosh kotibi, mamlakat mudofaa vaziri Mariya Dolores de Kospedal ham o‘z lavozimlarini saqlab qolganlar.

"Barcha o‘z joyida qoladi, men hech kimni almashtirmadim, chunki hamma yaxshi ishladi", deb aytgan Raxoy.

Raxoy taklif qilgan partiya rahbariyati ro‘yxatiga 95,65 foiz ovoz berilgan.

Mavzuga oid
Top