08:09 / 13.02.2017
7052

BAFTA mukofotining barcha g‘oliblari nomi ma'lum bo‘ldi

Foto: Dylan Martinez / Reuters

«La-La Lend» myuzikli Buyuk Britaniya kino va televizion san'ati akademiyasi (BAFTA)ning «Eng yaxshi film» mukofotini qo‘lga kiritdi, deb xabar qilmoqda Reuters.

Bundan tashqari, ushbu kinokartina Britaniya kinosovrinining yana to‘rtta yo‘nalishi bo‘yicha bosh mukofotiga loyiq ko‘rilgan. Demen Shazell eng yaxshi rejissyor, Emma Stoun eng yaxshi aktrisa deb topildi. Operatorlik va musiqa ishi ham yuqori baholangan. 

Britaniya kino va telesan'at akademiyasining eng yaxshi erkak aktyor roli uchun mukofotini Keysi Afflekka «Dengiz yonidagi Manchester» filmidagi roli uchun taqdim etishdi. Kennet Lonergan esa, ushbu film ssenariy uchun eng oliy mukofotni qo‘lga kiritdi. 

Mavzuga oid
Top