17:41 / 13.02.2017
14148

Dunyodagi birinchi bitkoin banki ochildi

Avstriya poytaxti Vena shahrida bitkoinlar bilan ishlovchi dunyodagi birinchi bank ochildi.

Bitkoinning o‘zi nima?

Bitkoin – eng ommabop virtual valyuta bo‘lib, ikki tomon o‘rtasidagi elektron to‘lov vositachilarsiz amalga oshiriladi. Shu bilan bir qatorda, komissiya yoki juda ham kichik, yoki umuman yo‘q. Tizimdagi barcha tranzaksiyalar haqidagi ma'lumot yagona ochiq reyestrda qayd etib boriladi.

Elektron valyutalar tizimidagi amaliyotlarni kuzatish odatda juda qiyin bo‘lib, bitkoinlarning tranzaksiyasi uchun hech qanday shaxsiy ma'lumotlar kerak bo‘lmaydi. 

Venadagi «Bitcoin-Bank» banki Bit Trust Services Berlin startap-kompaniyasi tomonidan ochildi. U yerda mijozlar kriptovalyuta haqida to‘laqonli ma'lumot olishlari va tizimda ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Virtual hamyon egalari esa o‘z bitkoinlarini yevroga yoki aksincha ayirboshlash imkoniga egalar.

Avstriya – iqtisodiy tizimida bitkoinlar aylanishiga to‘sqinlik qilmaydigan kam sonli davlatlardan biri bo‘lib, u yerda taxminan uch yil muqaddam birinchi bitkoin-bankomat ochilgan. Vena shahrida qariyb 20 kompaniya va muassasalar bitkoinlarni to‘lov uchun qabul qiladi.

Mavzuga oid
Top