15:55 / 13.02.2017
5695

Xaridlarni amalga oshirishi mumkin bo‘lgan robot-jo‘ja ishlab chiqildi

Agility Robotics kompaniyasi ikki oyoqda jo‘ja kabi harakatlanuvchi "Kessi" (Cassie) robotini namoyish qildi. Mashable nashrida ma'lum qilinishicha, olimlar uning kelajakda odamlarni bir qator ishlardan xalos etadi. 

"Kessi" 16 oylik mehnat samarasidir, u ishlab chiqaruvchilarga 1 million dollarga tushdi. Uning dizayni jonivor skeleti tuzilishiga asoslangan bo‘lib, robot turish bilan birga yurishi hamda o‘tirishi mumkin. 

"Kessi" ishlab chiqaruvchilari kelajakda ularning roboti g‘ildirakli robotlar kira olmaydigan joylarga kira olishiga ishonishmoqda. U jang maydonida jangchilarga yordam berishi, qutqaruv missiyalarida ishtirok etishi yoki oddiy xaridlar uchun do‘konga chiqib kelishi mumkin.

Top