23:07 / 13.02.2017
21081

Qamashida soxta bankrotlik fosh etildi

SVOJJDLQK departamentining Qamashi tuman bo‘limi tomonidan “Nur savdo” mas'uliyati cheklangan jamiyatining bankrotligi qay darajada qonuniy ekanligi o‘rganilganda, mazkur jamiyat rahbari B.Bo‘tayev (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) va boshqalarning xufiyona qilmishlari fosh bo‘ldi. Ular bankrotlik bahonasida qonunga zid ishlarni yashirishga urinishgan ekan, deb yozadi “Huquq” gazetasi.

Ma'lum bo‘lishicha, “Nur savdo” MChJ rahbari va boshqalarga nisbatan 2013 yilda jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, sud hukmi bilan tegishli jazo tayinlanadi. Ular esa bunday to‘g‘ri xulosa chiqarish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bilan bog‘liq qarzdorlikni bartaraf etish o‘rniga yana jinoyatga qo‘l urishadi.

Mazkur jamiyatning soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlardan qarzdorligi 1 milliard 575 mln. 704 ming so‘mni tashkil etgan. Ayni paytda jamiyatning respublika tovar xomashyo birjasida 57 mln. 608 ming so‘m puli bo‘lgan. “Nur savdo” MChJ mutasaddilari ana shu mablag‘ni qarzdorlikka yo‘naltirish o‘rniga, 2014 yil 13 mart kuni jamiyatning bankrot, deb e'tirof etilishiga va davlat reyesteridan chiqarilishiga erishadilar. Shunday bo‘lsa-da, mazkur MChJ nomidan 2015 yilning noyabr oyida 4019-brokerlik idorasi bilan soxta shartnoma va hujjatlar rasmiylashtirilib, S.Rashidov nomiga berilgan qalbaki ishonchnoma bilan “Qizilqumsement” MChJdan 3000 dona – 57 mln. 608 ming so‘mlik shifer olinadi. Ushbu mahsulot naqd pulga sotilib, savdo puli nazorat-kassa mashinasidan o‘tkazilmasdan, bank muassasasiga ham topshirilmasdan, shu tarzda naqdlashtirilganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan B.Bo‘tayevga nisbatan jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudining hukmi bilan jazo muqarrarligi ta'minlandi.

Mavzuga oid
Top