15:39 / 13.02.2017
6160

Qog‘ozni imitatsiya qiluvchi reMarkable plansheti namoyish qilindi

reMarkable — haqiqiy qog‘ozni imitatsiya qiluvchi, maxsus  Canvas ekrani bilan jihozlangan planshet. Uning yordamida kitob va gazetalarni xuddi elektron kitobdagidek mutolaa qilish, shuningdek, eslatmalarni yozish va chizgilar chizish mumkin. Bu haqida getremarkable.com saytida to‘liq ma'lumot berilgan.

reMarkable'da yaratilgan barcha fayllar avtomatik ravishda "bulut" saqlovchiga yuboriladi va u yerdan har qanday qurilma uchun mavjud bo‘ladi. 

Ishlab chiqaruvchilarning fikricha, planshet bloknotlar, yozuv daftarlari yoki kitoblar o‘rnini egallashi mumkin. 

Planshetning stilus va himoyalovchi g‘ilof bilan birgalikdagi narxi rasmiy saytda 429 dollarni tashkil qiladi. Mahsulot bozorga chiqqanidan keyin uning bahosi 716 dollarga ko‘tariladi. Planshetning qo‘shimcha aksessuarlarsiz qiymati - 529 dollar. U 2017 yilning sentabrida bozorga chiqarilishi kutilmoqda. 

Top