09:28 / 13.02.2017
8263

LG va Google kompaniyalari Android Wear 2.0 negizida aqlli soat ishlab chiqishdi

LG Watch Sport va LG Watch Style nafis qo‘lsoatlari har doim aloqada qolish imkonini beradi.

LG Electronics (LG) va Google kompaniyalari yangi Android Wear 2.0 dasturiy ta'minotida ishlaydigan aqlli soatlarni rasman taqdim etdi. LG Watch Sport va LG Watch Style soatlarining global miqyosdagi savdolari 10 fevral kuni AQShdan boshlanadi. Keyinroq, shu oyning o‘zida bu soatlarni Yevropa va Osiyoning yetakchi mamlakatlarida Google Store onlayn do‘koni yoki ayrim chakana savdo do‘konlarida xarid qilish mumkin bo‘ladi.

LG Watch Sport va LG Watch Style soatlariga Qualcomm® Snapdragon™ Wear 2100 protsessorlari o‘rnatilgan bo‘lib, ular yangi avlod elektronikasi uchun mo‘ljallangandir. Ikkala modelda ham Google Assistant ilovasi bor. LG Watch Sport soati, shuningdek, NFC – tegmasdan to‘lash imkonini beruvchi tizim negizidagi Android Pay to‘lov tizimini ham qo‘llab-quvvatlaydi. LG Watch Sport soati yorqin yumaloq P-OLED  displey bilan jihozlangan. Soat korpusi toblangan po‘latdan ishlangan. Ekranni Gorilla Glass 3 shishasi himoya qiladi. Kamari termoplastik poliuretandan yasalgan.

LG Watch Style modeli — bu ixcham, nafis va ajoyib aksessuardir. Ular tashqi ko‘rinishi chiroyli bo‘lishi bilan birga amaliy imkoniyati keng bo‘lgan aqlli soatlarni yoqtiradigan shaharliklarga mo‘ljallangan. LG Watch Style dizayni 3 xil: kumush, titan va pushti tilla rangda ishlab chiqariladi. Turli tusdagi kamarlar soatning tashqi ko‘rinishini kayfiyatga qarab o‘zgartirish imkonini beradi.

LG Watch Sport va LG Watch Style aqlli soatlari 27 fevral 2 mart kuni Ispaniyaning Barselona shahrida bo‘lib o‘tadigan MWC-2017 ko‘rgazmasida ham namoyish etiladi.

Android Wear 2.0 dasturida siferblatlarni sozlash imkoni paydo bo‘lgan. Uning vositasida kerakli funksiyalarni asosiy oynaga chiqarish mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, tizim siferblatlarni tezda almashtirish imkonini beradi. Google Fit ilovasida harorat, masofa, sarflangan kaloriya hamda soatda puls o‘lchagich bo‘lsa, piyoda yurish, yugurish yoki velosipedda sayr qilish chog‘ida pulsni nazorat qilish mumkin. Shu qatorda o‘tirib-turish, gantel va shtangani takroriy ko‘tarishlar sonini sanashlarni ham ilovaning o‘zi bajaradi. Android Wear 2.0 dasturida ilovani bevosita soatning o‘ziga yuklash imkoni mavjud. Shu bilan ular telefonsiz ham ishlashi mumkin, ya'ni soatda mobil modul bo‘lsa kifoya, bevosita soatning o‘zidan ham qo‘ng‘iroq qilsa bo‘ladi. Foydalanuvchilar soat ekranidagi klaviatura yordamida matnli xabarlarga javob bera olishadi. Google, shuningdek, Google Assistant ovozli yordamchini ham kiritgan.

Reklama huquqi asosida

Top