20:00 / 13.02.2017
7582

Nazarboyev Berdimuhamedovni Qozog‘istonga taklif etdi

Foto: Getty Images

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Gurbanguli Berdimuhamedovni Turkmaniston prezidenti lavozimiga qayta saylangani munosabati bilan tabrikladi. U o‘z tabrigida Turkmaniston rahbarini Qozog‘istonga yaqin kunlarda tashrif bilan kelishga taklif etgan.

«Bo‘lib o‘tgan saylov natijalari Turkmaniston fuqarolari siz yuritayotgan siyosatni qo‘llab-quvvatlashlari va sizga ishonch bildirishini anglatadi. Siz olib borayotgan siyosat xalq farovonligini ta'minlashga qaratilgandir», deyilgan Qozog‘iston matbuot xizmati saytida keltirilgan tabrik maktubida.

Nazarboyev Qozog‘iston va Turkmaniston davlatlari o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kundan buyon strategik hamkorlik asosidagi bu munosabatlar yildan-yilga mustahkamlanib borayotganini qayd etgan.

Matbuot xizmati ma'lumotiga ko‘ra, Nazarboyev Turkmaniston rahbarini yaqin vaqtlar ichida Qozog‘istonga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif etgan.

Top