20:53 / 13.02.2017
9338

Ronaldu «Napoli»ga qarshi o‘yin arafasida jarohat olgan

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoaning dushanba kungi mashg‘ulotlarini o‘tkazib yubordi.

AFP xabariga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi trenajyer zalida qolgan va sog‘ligidagi muammo tufayli umumiy guruhdan alohida holda shug‘ullangan.

U Ispaniya chempionatining 22-turi doirasida «Osasuna»ga qarshi kechgan uchrashuvda o‘ng oyog‘idan jarohat olgani ma'lum qilingan.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, Krishtianu Ronaldu Chempionlar ligasining chorak finali doirasida «Napoli»ga qarshi o‘yinda maydonga tushirilishi ham mumkin.

Mavzuga oid
Top