08:20 / 13.02.2017
5568

Ruminiya NATO bilan Qora dengizda mudofaani mustahkamlash haqida kelishib oldi

NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Ruminiya tashqi ishlar vaziri Teodor Meleshkanu bilan telefon orqali suhbatda Qora dengizda mudofaani mustahkamlash va "ittifoqchilarni qo‘llab-quvvatlashga" kelishib oldi. Bu haqda Ruminiya tashqi ishlar vazirligi bergan xabarda aytilgan. 

"Ruminiya transatlantik aloqalarni chuqurlashtirish va mudofaa chizig‘i uchun zarur zaxiralarni taqsimlashdagi majburiyatlarini bajarishga qat'iy sodiqligini bildirdi", deyilgan xabarda.

Stoltenberg Ruminiyaga turli operatsiya va missiyalarning, ayniqsa Afg‘onistonda, o‘tkazilishiga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildirdi.    

Mavzuga oid
Top