Sayyoramiz tubiga tushish orzusi, xuddi insonni koinotga yuborish rejalari bilan bir xilda amalga oshmay kelmoqda. Xitoyliklar 13-asrda 1200 metrlik teshik qazishgan bo‘lsa, 30-yillarda burg‘ulash uskunalari paydo bo‘lishi bilan yevropaliklar uch kilometrlik yer tubiga qadar tushishdi, biroq bu sayyora tanasida o‘ziga xos “tirnash” bo‘ldi, xolos.

Yer tashqi qobig‘ini burg‘ulash global loyiha sifatida 60-yillarda paydo bo‘lgan. Mantiya tuzilmasi haqidagi nazariyalar alohida ma'lumotlarga tayangandir. Yer tubiga nazar solish bo‘yicha yagona imkoniyat bu o‘ta chuqur teshiklarni burg‘ulashdir. Okean tubi va yer yuzasidagi yuzlab yoriqlar olimlarning bir qancha savollariga javob berdi, biroq ular yordamida turli nazariyalarni tekshirish vaqti allaqachon o‘tdi.

 

Siljan Ring (Shvetsiya, 6800 m)
Shvetsiyadagi Silyan Ring vulqonida 80-yillarning oxirlarida shu nomdagi quduq qazildi. Olimlar aynan shu yerdan nobiologik tabiiy gaz manbasini topishga harakat qilishgan. Burg‘ulash natijasi investorlar ham, ilm-fan xodimlarining ham hafsalasini pir qildi. Sanoat qamrovlarida hech qanday gaz topilmadi.

 

Zistersdorf UT2A (Avstriya, 8553 m)
Bir necha kichik neft konlari bo‘lgan Vena neftgaz basseyni tumanida 1977 yilda Zistersdorf UT1A qudug‘i qazildi. Yerdan 7544 metr chuqurlikda chiqarish qiyin bo‘lgan gaz zaxiralari topildi, birinchi quduq esa kutilmaganda buzilib ketdi hamda OMV kompaniyasi 2-quduqni burg‘ulashga qaror qildi. Biroq bu safar hech qanday uglevodorod resurslari topilmagan.

 

Hauptbohrung (GFR, 9101 m)
Xauptborung qudug‘i Germaniyada joylashgan bo‘lib, 1990-1994 yillar davomida qazildi. 9 kilometrlik chuqurlikka ega bu quduq dunyodagi eng katta chuqurlardan biri bo‘lib, bunga burg‘ulash ma'lumotlari va ilmiy izlanishlar tufayli erishildi.