Samarqand viloyati Qöşrabot tumani Toz qişloğidagi xonadonlardan birida 6 fevral kuni baxtsiz hodisa röy berişi oqibatida 8 kişi halok bölgan.
Samarqand viloyati Içki işlar boşqarmasi tarkibidagi Yonğin xavfsizligi boşqarmasi boşliği podpolkovnik I.F.Amonillayev «Kun.uz» saytining şu hodisa yuzasidan söroviga javoban hodisa böyiça rasmiy ma'lumot berdi.
Unga köra, Qöşrabot tumani, «Toz» mahallasida yaşovçi Nurniyozov Abdualimning uyida yonğin sodir bölgan.
«2017 yilning 6 fevral kuni Qöşrabot tumani «Toz» mahallasida yaşovçi fuqaro, 1963 yilda tuğilgan Nurniyozov Abdualimning yaşaş uyida yonğin sodir bölgan. Yonğin natijasida uyning 30 kv.m maydondagi tomi, şifti va qisman uy jihozlari zararlangan», deyilgan ma'lumotnomada.
Ma'lum qilinişiça, yonğin sodir bölgan uyda, yonğin yetib kelmagan xonadan 8 kişining jasadi topilgan.
Ayni vaqtda sodir bölgan yonğin va odamlarning ölimi sabablarini aniqlaş uçun Sud-tibbiy ekspertiza byurosiga va Toşkent şahrida joylaşgan X.Sulaymonova nomidagi Sud-tibbiy ekspertizasiga hamda viloyat SES boşqarmasiga daliliy aşyolar yuborilgan.
«Ekspertizalarning berilgan xulosalariga köra sabablar aniqlanadi», deyilgan ma'lumotnomada.
Sayt xodimi bilan suhbatlaşgan manbaning aytişiça, oila a'zolari ölimiga yonğin töğridan-töğri sabab emas, jasadlarda kuyiş alomatlari yöq.
«Marhumlar yoki böğiliş, yoki zaharlaniş oqibatida halok bölgan bölişi mumkin», deydi u.
Voqea röy berganidan 1 hafta ötib ham tafsilotlar noma'lum bölib qolmoqda.
Bundan oldinroq turli manbalar hodisaga gaz balloni portlaşi sabab bölgani, oila a'zolari gazdan zaharlangan bölişi mumkinligi haqida xabarlar tarqatgandi.












