13 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Ummon sultonligining favqulodda va muxtor elchisi Muhammad ibn Said ibn al-Lavati bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikning amaliy masalalari hamda O‘zbekiston-Ummon munosabatlarini yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.