22:56 / 13.02.2017
13491

Ukraina Qozog‘iston va Qirg‘izistonga tranzit cheklangani tufayli Rossiya ustidan shikoyat qildi

Ukraina o‘z mahsulotlarining Qozog‘iston va Qirg‘izistonga Rossiya orqali tranzit qilinishi cheklangani sababli uning ustidan Jahon savdo tashkilotiga da'vo arizasi topshirdi. Bu haqda "Kommersant" nashri xabar bermoqda

Ta'kidlanishicha, Ukraina iqtisodiy rivojlanishi vazirligi Rossiya hududi orqali uchinchi davlatlarga mahsulotlar yetkazib berilishi cheklanishi ishi doirasida mutaxassislar guruhini tashkil qilishni talab qilmoqda. Ma'lum qilinishicha, Rossiya  2016 yil 1 yanvardan Ukrainadan Qozog‘istonga, 2016 yil 1 iyuldan  Qirg‘izistonga o‘z hududi orqali harakatlarni cheklagan.

Vazirlik hisob-kitoblariga ko‘ra, Ukrainaning Qozog‘istonga eksport yetkazmalari 79 foizi va Qirg‘izistonga 95 foizi ziyon ko‘rgan.

Ushbu bahsni hal qilish jarayoni o‘tgan yili boshlangan. Biroq Ukrainada Rossiya "bugungi kunda bahsni hal qilishga tayyormas" va "tranzit sohasida noqonuniy, tahqirlovchi va iqtisodiy asoslanmagan cheklovlarning bekor qilinishi bo‘yicha choralar ko‘rmagan" deb hisoblanmoqda. 

Kiyevda ta'kidlanishicha, Qozog‘iston va Qirg‘iziston bilan savdo aylanmasi deyarli uchdan birga qisqargan va ko‘rilgan ziyon 1 mlrd dollarga baholangan.

Top