10:35 / 13.02.2017
4087

«Yuventus»da navbatdagi g‘alaba, Higuainda navbatdagi dubl

«Yuventus» futbol klubi Italiya chempionatining 24-turi doirasida «Kalyari» jamoasi ustidan g‘alaba qozondi. Kalyaridagi «San-Eliya» stadionida kechgan bahs 2:0 hisobida mehmonlar foydasiga hal bo‘ldi.

Turinliklar jamoasi safida argentinalik hujumchi Gonsalo Higuain dubl qayd etdi. «Kalyari» yarim himoyachi Nikolo Barellaning ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida chetlashtirilishi tufayli o‘yinni o‘n kishi bo‘lib yakunladi.

«Yuventus» 60 ochko bilan A seriya turnir jadvalining birinchi o‘rnida bormoqda. «Kalyari» esa (27 ochko) 15-pog‘onada.

Kalyari – Yuventus 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 
0:1 – 37 Higuain, 0:2 – 47 Higuain.
Ogohlantirishlar: Lixtshtayner (12), Kellini (14), Barella (27), Markizio (43), Kuadrado (57), Isla (78), Di Jyennaro (85), Manjukich (90).
Chetlatish: Barella (67).

Top