22:35 / 14.02.2017
22213

BAA Marsda mini-shahar qurish haqida e'lon qildi

BAA hukumati "Mars-2117" loyihasining yo‘lga qo‘yilishi haqida e'lon qildi. Unga ko‘ra, kelasi 100 yil davomida Qizil sayyoraga odamlarni chiqarish va u yerda birinchi "mini-shahar"ni qurish rejalashtirilmoqda. Bu haqida amirlik OAV xabar berdi. 

Internetda mazkur loyiha chizmalari paydo bo‘ldi. 

Loyihaning ishga tushirilishi haqida BAA bosh vaziri va Dubay hukmdori shayx Muhammad bin Rashid Al-Maktum va Abu-Zabi shahzodasi hamda BAA havo kuchlari bosh qo‘mondoni shayx Muhammad bin Zoid An-Nahayyan e'lon qildi. 

Mazkur loyiha amirlik ilmiy kadrlarini tayyorlash bo‘yicha kelgusi yuz yillikka mo‘ljallangan milliy dasturning bir qismi hisoblanadi. 

Mavzuga oid
Top