15:58 / 14.02.2017
6099

Eron prezidenti Ummon va Kuvaytga tashrif buyurmoqchi

Foto: AP

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy chorshanba, 15-fevral kuni Ummon va Kuvaytga rasmiy tashrif bilan boradi. U Fors ko‘rfazi mintaqasidagi vaziyat hamda ushbu davlatlar bilan o‘zaro munosabatlarni yaxshilash masalasini muhokama qilmoqchi. Bu haqda Press-TV telekanali xabar berdi.

Prezident shtabi rahbarining o‘rinbosari Parviz Ismoiliy so‘zlariga ko‘ra, Ruhoniy 15-fevral kuni Maskat shahriga keladi hamda Ummon sultoni va bosh vaziri Kobus bin Said bilan uchrashadi. Ruhoniy shu kunning o‘zida Kuvayt poytaxtiga ham boradi. Uni amir Saboh al-Ahmad al-Jobir as-Saboh taklif qilgan. Ruhoniy Eronga o‘sha kuni kechqurun qaytib keladi.

Ta'kidlanishicha, Ruhoniyning Kuvaytga tashrifi mamlakat tashqi ishlar vazirining Tehronga yanvar oxiridagi tashrifi va amirdan Eron prezidentiga maktub yetkazganidan so‘ng ro‘y bermoqda. U Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorlik kengashi mamlakati orasidagi Saudiya Arabistoni Eron bilan bir yil muqaddam diplomatik munosabatlarni uzishga qaror qilganidan so‘ng Tehronga tashrif buyurgan ilk yuqori mansabli amaldordir.

Top