20:28 / 14.02.2017
7013

Xitoyda 6 yildan buyon gegemon bo‘lgan jamoa 2020 yilgacha barcha legionerlaridan qutulmoqchi

Xitoy futbolidagi yetakchi jamoalardan biri, oxirgi 6 mavsumda ketma-ket chempion bo‘lib kelayotgan «Guanchjou Evergrand» kelgusida barcha xorijlik futbolchilaridan voz kechib, mahalliy futbolchilari bilan turnirlarda ishtirok etishni reja qilgan. Bu haqda Sky Sports xabar tarqatdi.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, ayni vaqtda braziliyalik mutaxassis Luis Felipe Skolari boshqaruvida bo‘lgan bu klub 2020 yilgacha legionerlarsiz jamoani tashkil qilish rejasini ishlab chiqqan. Shu orqali «Guanchjou Evergrand» Xitoy futbolini rivojlantirmoqchi.

Hozirda jamoada 6 nafar xorijlik futbolchi bor — braziliyalik yarim himoyachi Paulino, kolumbiyalik hujumchi Jyekson Martines, braziliyalik hujumchilar Alan va Rikardo Gulart, shuningdek janubiy koreyalik ikki himoyachi.

Xitoy chempionatida legionerlarga bo‘lgan cheklov tufayli maydonga faqat 3 nafar legionerni tushirish mumkin bo‘ladi.

Mavzuga oid
Top