09:30 / 14.02.2017
13906

Xiva dunyoning eng go‘zal shaharlaridan biri sifatida e'tirof etildi

Xiva shahri Britaniyaning nufuzli The Telegraph nashri tomonidan dunyodagi eng go‘zal shaharlar qatorida sanab o‘tildi. Nashr o‘z o‘quvchilariga bu shaharga tashrif buyurishni tavsiya etib o‘tgan.

Xorazm viloyati hududida joylashgan bu qadimiy shahar Parij, Venetsiya, Praga, London, Sankt-Peterburg, Kioto va boshqa bir qator shaharlar bilan birgalikda dunyoning eng chiroyli shaharlari sifatida e'tirof etilgan. 

The Telegraph nashrining yozishicha, Xiva — O‘zbekistondagi xorijiy sayyohlarni o‘ziga eng ko‘p miqdorda jalb qiluvchi qadimiy shaharlardan biri hisoblanadi. Keyingi yillarda bu shahar yanada go‘zallashmoqda, bu shahardagi minoralar tong va shom mahalida o‘ziga xos jilolanadi.

O‘tgan yili shaharda Ichan-Qal'a majmuasi ochildi, bu majmuani ochiq osmon ostidagi muzey deyish mumkin. 2016 yili ochiq osmon ostidagi muzey-qo‘riqxonasi hisoblangan bu majmuani 75 ming kishi, xususan, 84 mamlakatdan kelgan 34 ming sayyoh ziyorat qilgan edi. Mazkur majmua YuNeSKO tashkilotining Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.

Sayyohlar uchun sharoitlar yaqin vaqtlar ichida yanada qulaylashtiriladi. Bu transport infratuzilmasiga ham taalluqli. Bu masala davlat rahbarining Xorazm viloyatiga o‘tgan oyda qilingan tashrifi vaqtida ko‘tarilgan. O‘shanda Urganchdan Xivaga temir yo‘l yotqizish masalasi muhokama etilgan.

Mavzuga oid
Top