14:12 / 14.02.2017
21697

Oddiylik ichida yashiringan hashamat: Mercedes-Benz'dan sirli Klassen

Germaniyaning dunyoga mashhur Mercedes-Benz brendini tanimagan inson topilmasa kerak. Uning ushbu veni tashqi ko‘rinishi birmuncha oddiy va sodda ko‘rinsa-da, mikroavtobusning saloni kishida hayrat uyg‘otishi aniq. Lyuks toifasidagi mikroavtobusning ichiga bir marta ko‘z yugurtirishning o‘ziyoq avtomobil ishqibozlarida ulkan taassurot qoldiradi. 

Avtomobil salonini istagan narsani topish mumkin bo‘lgan kichikkina saroyga qiyoslash mumkin. Ammo, uni hamma ham xarid qila olmasligi aniq. Narxi bunga imkon bermaydi. 

Aytish joizki, Klassen kompaniyasi Mercedes-Benz negizida yangi avtomobillarni qayta jihozlash bilan yaxshi ma'lum. Ushbu lyuks limuzini Klassen firmasining eng yaxshi mahsulotlaridan biri bo‘ldi. 

Quyida limuzin imkoniyatlarini namoyish etuvchi videolavhani ham tomosha qilishingiz mumkin.

Mavzuga oid
Top