22:22 / 14.02.2017
13253

Shavkat Mirziyoyev Germaniyaning yangi prezidenti Shtaynmayyerni O‘zbekistonga taklif qildi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Frank-Valter Shtaynmayyerni Germaniya federal prezidenti lavozimiga saylangani bilan tabrikladi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bergan.

«Bo‘lib o‘tgan saylovlar sezilarli iqtisodiy, texnologik va intellektual salohiyatga ega jahonning yetakchi davlatlaridan biri – Germaniyaning xalqaro nufuzini mustahkamlashga Sizning muhim va tajribali davlat arbobi sifatida qo‘shgan munosib hissangiz evaziga qozongan yuqori ishonch va hurmatni tasdiqlaydi», — deyiladi Mirziyoyevning maktubida.

O‘zbekiston ikki va ko‘p tomonlama munosabatlarning barcha masalalari bo‘yicha ochiq va konstruktiv muloqotni davom ettirish, ikki tomonlama va o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini, birinchi galda, savdo-iqtisodiy, investitsion, texnologik, moliyaviy-texnik sohalarda, shuningdek yaqin madaniy-gumanitar munosabatlarni kengaytirishga ishonadi.

«Davlatimiz rahbari Frank-Valter Shtaynmayyerni o‘ziga qulay vaqtda O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif etdi», — deyiladi vazirlik axborotida.

Top