13:48 / 14.02.2017
9507

Video: Gvardiola «Bornmut»ning farzandi vafot etgan futbolchisiga hamdardlik bildirdi

APLning 25-turi doirasida«Bornmut» va «Manchester Siti» jamoalari o‘rtasida kechgan uchrashuv yakunlangach, mehmonlar jamoasi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola «Bornmut» yarim himoyachisi Harri Arterning oldiga keldi va unga ikki yoshli qizchasining o‘limi tufayli hamdardlik bildirdi.

«Men siz bilan bunday hodisa ro‘y berganidan afsusdaman. Men sizga va rafiqangizga hamdardman», – degan Gvardiola raqib futbolchisiga.

Arterning o‘zi bu hodisaga munosabat bildirib o‘tgan.

«Buni kutmagandim. Gvardiolaga hurmatim juda oshdi. U men uchun jahonning eng zo‘r murabbiyi. Kimdir uning darajasiga chiqa oladi deb ham o‘ylamayman», degan futbolchi.

Yaqin vaqtlar ichida Arterning oilasida yangi chaqaloq dunyoga kelishi kutilmoqda. 

Top