16:00 / 15.02.2017
8398

Dmitriy Kozak: O‘zbekiston Rossiyaning MDHdagi asosiy strategik hamkorlaridan biri

Foto: Kun.uz

Ma'lumki, 15 fevral kuni Rossiya Federatsiyasi bosh vazir  o‘rinbosari Dmitriy Kozak boshchiligidagi delegatsiyaning O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi doirasida Toshkent shahrida ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 18-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Unda RF bosh vazir o‘rinbosari Dmitriy Kozak O‘zbekiston Rossiyaning MDHdagi asosiy strategik hamkorlaridan biri ekanini ta'kidladi. Rossiya vakili O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan sohalar diversifikatsiyasi va sanoat modernizatsiyasiga yo‘naltirilgan iqtisodiy islohotlarni yuqori baholadi. Bundan tashqari, O‘zbekistonda yaratilgan qulay investitsiya muhiti hamda biznesni muvaffaqiyatli yuritish uchun keng imkoniyatlar ochilgani alohida ta'kidlandi. 

Rossiya Federatsiyasi O‘zbekiston Respublikasining eng yirik tashqi savdo hamkori pozitsiyasini egallab kelmoqda. 

2016 yil yakunlariga ko‘ra, ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar almashinuvi 4,2 milliard dollarni tashkil qildi. 

Bugungi kunda O‘zbekistonda 961 ta korxona faoliyat yuritmoqda, ulardan 810 tasi - qo‘shma korxona va 151 tasi Rossiya kapitali asosida tashkil etilgan. O‘z navbatida, Rossiya Federatsiyasida O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari ishtirokidagi 569 ta korxona yaratilgan. 

Respublikada Rossiya Federatsiyasining 64 ta firma va kompaniyalari vakolatxonalari akkreditatsiyadan o‘tgan.

Top