09:24 / 15.02.2017
4513

Xitoyda noma'lum kimsalar 5 nafar odamning hayotiga zomin bo‘ldi

Foto: AFP 2017/ STR

Xitoyning shimoli-g‘arbidagi Sintszyan-Uyg‘ur muxtor tumanida 3 noma'lum kimsa olomonga pichoq bilan hujum qilib, 5 nafar odamni o‘ldirdi va yana 5 nafar kishini yarador qildi, deb xabar bermoqda Xitoy markaziy televideniyesi. 

Ma'lum qilinishicha, hujum 14 fevralda soat 19:20da Pishan uyezdida sodir etilgan. Voqea joyiga yetib kelgan politsiya bosqinchilarning barchasini otib tashlagan.

Jarohatlanganlarga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Politsiya ushbu jinoyat yuzasidan tergov olib bormoqda.

Mavzuga oid
Top