Batumi shahridagi aeroportda qo‘lga olingan AQSh fuqarosi Gruziyaga Turkiyadan kelgani ma'lum bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti xabar tarqatdi.

«Ushbu shaxs Interpol tomonidan u Batumiga Turkiyadan uchib kelganida, aeroport hududida qo‘lga olindi», — deyilgan Gruziya IIV xabarida.

Xabar qilinishicha, ushbu 39 yoshli shaxs O‘zbekistonga ekstraditsiya qilinishi kutilmoqda. O‘zbekiston tomoni ushbu shaxsni jinoiy guruh tuzish, qo‘poruvchilik harakatlari amalga oshirish, shuningdek, noqonuniy ravishda o‘q-dori saqlash kabi jinoyatlarda ayblab, Interpol qidiruviga bergandi.

Uning shaxsi haqida hozircha ma'lumotlar yo‘q.