18:27 / 15.02.2017
7398

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida tibbiyot sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha hujjatlar imzolandi

15 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning o‘n sakkizinchi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir doirasida tomonlar ma'lumotlar almashdi va 2016 yil 25 mart kuni Moskva shahrida o‘tkazilgan Hukumatlararo komissiyaning o‘n yettinchi majlisi protokolidagi qarorlarning ijrosi muhokama qilindi. Xususan, savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlikning istiqbollari, huquqiy asosni yanada mustahkamlash, shuningdek, transport, ilm-fan sohasi, atrof-muhitni muhofaza qilish va boshqa sohalardagi munosabatlarni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv so‘ngida o‘n sakkizinchi majlis yakuniga ko‘ra ikki mamlakat o‘rtasida hujjatlar imzolandi.  

Jumladan, Toshkent shahridagi ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi va Sankt-Peterburg shahridagi Almazov nomli Shimoli-G‘arbiy federal tibbiyot tadqiqot markazi, Toshkent tibbiyot akademiyasi va Sankt-Peterburg Davlat  pediatriya tibbiyot universiteti, O‘zbekiston Respublikasining Tezkor tibbiy yordam ilmiy markazi hamda Janelidze nomidagi Tez yordam ilmiy-tadqiqot instituti o‘rtasida ham o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolangan.

Top